ESP32 yordamida mini web server yaratishning chiziqli algoritmi banklarda
Ibodullayev Jaxongir Maxammadi o'g'li
Konferensiya
Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar
Yo'nalish
Sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalari
Tashkilot
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Tavsif
Annotatsiya: ushbu tezisda zamonaviy raqamli texnologiyalar — sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli hisoblash tizimlari va FinTech sohasining jadal rivojlanishi moliyaviy sektorga ta’siri yoritilgan. Ayniqsa, raqamli bank xizmatlarini soddalashtirish, avtomatlashtirish va mijozlar uchun qulay interfeyslar yaratish dolzarb masalaga aylangan. Shu munosabat bilan, esp32 mikrokontrolleri asosida HTML interfeysli mini web-server yaratish konsepsiyasi taklif etiladi. Tezisda esp32 mikrokontrollerini Arduino IDE muhiti orqali dasturlash, uni Wi-Fi tarmog‘iga ulash, HTTP protokoli asosida foydalanuvchi interfeysini tashkil etish va chiziqli algoritm asosida server ishini tashkil qilish bosqichlari bayon qilingan. Taklif etilgan mini web-server modeli raqamli banking tizimlarida masofaviy monitoring, to‘lovlarni kuzatish va interfeyslarni boshqarish imkonini beradi. Tizimning soddaligi va real vaqtli ma’lumot almashish imkoniyati uni FinTech yo‘nalishida qo‘llash uchun qulay platformaga aylantiradi.