Geterogen ma’lumotlar asosida kibertahdidlarni identifikatsiyalash modeli
Dostonbek Tojimatov, Aduhalil Ganiyev
Konferensiya
Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar
Yo'nalish
Kiberxavfsizlik, axborot himoyasi va raqamli kriminalistika
Tashkilot
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Tavsif
Bugungi kunda kiberxavfsizlikni ta’minlashning eng samarali va dolzarb yo‘nalishlaridan biri kibertahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali bartaraf etishdir. Kibertahdidlarni aniqlash jarayonida kibertahdid razvedkasi (Cyber Threat Intelligence — CTI) mexanizmlarini qo‘llash uchun mavjud ma’lumotlar va manbalar xilma-xilligini (geterogenligini) yagona tizimda birlashtirib tahlil etish zarur. Shu bois ushbu maqolada geterogen ma’lumotlar asosida kibertahdidlarni identifikatsiyalash modeli (GMKI) taklif etiladi va uning samaradorligi tahlil qilinadi.