Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining ingliz va o‘zbek tillarida lingvistik va leksikografik tahlili

Madraximova Durdona

Konferensiya

Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar

Yo'nalish

Ta’lim tizimida raqamli innovatsiyalar

Tashkilot

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Tavsif

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) jadal rivojlanishi natijasida yangi terminlarning paydo bo‘lishi va ularning turli tillarga moslashuvi zarurati ortib bormoqda. Ushbu tadqiqot AKT terminlarining ingliz va o‘zbek tillarida shakllanishi, moslashuvi va funksional qo‘llanilishini lingvistik hamda leksikografik jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqotda transliteratsiya, kalkalash va semantik modifikatsiya jarayonlari o‘rganilib, terminlarning morfologik, sintaktik va semantik xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Leksikografik tahlil doirasida xalqaro lug‘atlar (Oxford, Cambridge, Merriam-Webster) hamda o‘zbek tilidagi leksikografik manbalar o‘rganilib, terminlarning aks ettirilishidagi nomuvofiqliklar va standartizatsiya muammolari aniqlangan. Shuningdek, tarjima jarayonida ingliz-o‘zbek bevosita ekvivalentlari hamda rus tili vositasida kirib kelgan terminlar o‘rtasidagi farqlar tahlil qilindi. AKT terminlarining ilmiy nutq, rasmiy hujjatlar va ommaviy axborot vositalaridagi qo‘llanilishi o‘rganilib, o‘zbek tilida yagona va standartlashtirilgan terminologiyani ishlab chiqish zarurligi ta’kidlandi. Tadqiqot natijalari AKT terminologiyasini xalqaro standartlarga moslashtirish va terminlarning akademik hamda texnik kommunikatsiyadagi aniq va tushunarli qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan.