TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Jumayev Mo‘hsin, Avazov Abdurashid, Nomozov Ramziddin
Konferensiya
“Raqamli ta'lim: Metodologiya, texnologiya va innovatsiyalar” nomli xalqaro konferensiyasi (ICDEMTI 2026)
Yo'nalish
Higher education in the era of artificial intelligence and big data
Tashkilot
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Tavsif
Ushbu maqolada talabalar bilimini baholash jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari va ularning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. ChatGPT, Moodle va Google Classroom kabi platformalar asosida avtomatik baholash tizimlarining afzalliklari yoritiladi. Sun’iy intellekt yordamida baholash jarayonini tezlashtirish, xolislikni oshirish va individual yondashuvni kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, an’anaviy va raqamli baholash tizimlarining integratsiyasi masalalari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari zamonaviy ta’limda AI texnologiyalarining o‘rni ortib borayotganini ko‘rsatadi.