
Maqola nomi:
CUDA Texnologiyasi Yordamida GPUda Tasvirlarni Filtrlash Jarayonlarini Tezlashtirish
Muallif(lar):Raximov Mexriddin, Javliyev Shahzod, To‘rayev Xurshid
Yo'nalish:
Sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalari
Konferensiya:
Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar
Tavsif:
Bugungi kunda texnologiyalar rivojlanishi bilan bir qatorda, qayta ishlanadigan ma’lumotlar hajmi ham keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, tasvirga asoslangan raqamli ma’lumotlar bilan ishlash katta hajmdagi hisoblash operatsiyalarini talab qiladi va bu jarayon ko‘p vaqt sarflashga olib keladi. Ushbu maqolada hisoblash qurilmalarida katta hajmli tasvir ma’lumotlarini qayta ishlashda yuzaga keladigan tezlik muammolari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tasvirlarga parallel ishlov berish samaradorligini baholashdan iborat bo‘lib, bunda tasvirni filtrlash jarayini grafik protsessorda CUDA texnologiyasi asosida parallel amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu jarayon markaziy protsessorda ketma-ket yondashuv asosida bajarilib, natijalar taqqoslab tahlil qilinadi. Tadqiqot yakunida esa GPUda CUDA texnologiyasi orqali amalga oshirilgan ishlov berish CPUga nisbatan bir necha barobar tezroq bajarilgani, xususan, katta o‘lchamdagi tasvirlar ustida ~235 baravar tezlikka erishilgani kuzatildi. Bu esa GPU va CUDA texnologiyasining tasvirlarga ishlov berishda yuqori samaradorlikka ega ekanini ko‘rsatadi.
Chop etilgan sana:
9/24/2025