
Maqola nomi:
O‘Z-O‘ZIDAN UYG‘ONUVCHI TEBRANISHLARNI MODELLASHTIRISHDA KUTTA MERSON USULINING QO‘LLANILISHI
Muallif(lar):Murodjon Azimov, Abrorjon Turgunov, Xusniddin Mamadaliyev
Yo'nalish:
Matematik modellashtirish va amaliy dasturiy yechimlar
Konferensiya:
Raqamli transformatsiyalash jarayonida muhandislik sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar
Tavsif:
Annotatsiya. Oddiy differensial tenglamalarni sonli yechishda Runge–Kutta oilasiga mansub Kutta–Merson usuli alohida ahamiyatga ega. Bu usul bir qadamli (single-step) usullar qatoriga kiradi va o‘zining yuqori aniqligi, barqarorligi hamda hisoblash samaradorligi bilan ajralib turadi. Real hayotdagi ko‘plab fizik, texnik va iqtisodiy jarayonlar differensial tenglamalar yordamida ifodalanadi va ularni yechishda Kutta–Merson usuli keng qo‘llaniladi. Mazkur usulning asosiy maqsadi – jarayonlarning dinamikasini aniq modellashtirish, hisoblash vaqtini qisqartirish va optimal yechimlarni olishdir. Ushbu maqolada Kutta–Merson usulining nazariy asoslari, algoritmik tuzilishi va turli amaliy masalalarda qo‘llanishi keng yoritiladi.
Chop etilgan sana:
9/24/2025